Istanbulda o‘zbekistonliklardan namoyishlar fonida hushyor bo‘lish so‘raldi

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi Istanbuldagi vatandoshlarga murojaat qilib, odamlar gavjum joylarga, aksiyalar o‘tkaziladigan hududlarga bormaslikni, shuningdek, mahalliy tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilishni tavsiya qildi.

Новости

So‘nggi kunlarda Istanbulda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi Turkiyadagi vatandoshlarga murojaat bilan chiqdi.

Xavfsizlik chorasi sifatida Turkiya hukumati 11-sentyabrgacha oltita tumanda, jumladan, Beshiktosh tumanida (bosh konsulxona joylashgan) ommaviy tadbirlarni o‘tkazishni vaqtincha taqiqladi. Shuningdek, xorijiy messenjerlardan foydalanishda vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi.

O‘zbekiston fuqarolariga odamlar gavjum joylarga, aksiya o‘tkaziladigan hududlarga bormaslik, shuningdek, mahalliy tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilish tavsiya etiladi.

Favqulodda vaziyatlarda fuqarolarga Bosh konsulxonaning quyidagi raqamiga murojaat qilish tavsiya etiladi: +90 (212) 909 08 04.

Поделиться
Поддержать издание Один клик — и вы очень поможете независимой редакции

Добавьте Vzglyad.uz в предпочтительные источники Google. Это бесплатно и занимает 5 секунд, а для нас — лучшая поддержка и мотивация работать ещё лучше.

Ещё по теме

Все материалы
В Ташкенте остановили стройку после повреждения надгробий на Боткинском кладбище Новости В метро Ташкента пассажиру вернули $10 тысяч Новости Кабмин утвердил порядок оформления досрочной пенсии после сокращения Новости Турецкие хирурги бесплатно осмотрят детей в Намангане 5 и 6 октября Новости