Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasining yangi serverlarga ko‘chirilishi munosabati bilan bir qator elektron xizmatlar va axborot tizimlari faoliyati vaqtincha cheklanishi haqida ma’lum qildi.

Ishlar joriy yilning 30-noyabr soat 00:00 dan 2-dekabr soat 06:00 gacha olib boriladi.

Ushbu davrda quyidagi xizmatlarda uzilishlar yuzaga kelishi mumkin:

  • Munis tizimi va boshqa elektron to‘lov tizimlari orqali soliqlarni to‘lash,

  • fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya jamg‘armasiga pul o‘tkazish,

  • “Quyoshli uy” xizmatidan foydalanish,

  • soliq deklaratsiyalarini topshirish,

  • korxonalarni ixtiyoriy va majburiy tugatish jarayonlari,

  • elektron murojaatlarni yuborish,

  • boshqa elektron xizmatlar.

Soliq qo‘mitasi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi va tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiradi.