7-yanvar kuni ertalab Xitoyning janubi-g‘arbiy qismida, Tibet avtonom tumanida kuchli zilzila sodir bo‘ldi, bu esa keng ko‘lamli vayronagarchiliklar va insonlar qurbon bo‘lishiga olib keldi. CCTVning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 95 kishiga yetdi, yana 130 kishi jarohat oldi.
Zilzila epitsentri Nepal bilan chegaradan 10 km chuqurlikda joylashgan. Xitoy zilzilalar tarmog‘ining hisob-kitoblariga ko‘ra, yer silkinishi 6,8 magnitudaga teng bo‘lgan, AQSH Geologiya xizmati esa 7,1 magnitudaga teng bo‘lganini qayd etgan.
Zilzila oqibatida mingdan ortiq bino vayron bo‘lgan. Hodisa sodir bo‘lgan hududda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilib, 1500 ga yaqin qutqaruvchilar jalb etilgan. Zarar ko‘rgan hududlarni evakuatsiya qilish tashkil etildi, vayronalar tahlil qilinmoqda.
Kamida 49 ta aftershok qayd etildi, ularning magnitudasi 4,4 ga yetdi. Xitoy prezidenti Si Szinpin favqulodda xizmatlarga barcha sa’y-harakatlarni odamlarni qutqarish va halokat oqibatlarini minimallashtirishga yo‘naltirish bo‘yicha topshiriq berdi.
Avvalroq Vanvuatu va Kaliforniya qirg‘oqlarida o‘nlab odamlarning o‘limi va yaralanishiga sabab bo‘lgan shunga o‘xshash vayronkor zilzilalar sodir bo‘lgan edi.