16-yanvar kuni O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston masalalari bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Pokistonning O‘zbekistondagi elchisi Ahmad Faruk bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Pokiston munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama etildi. Afg‘onistondagi vaziyat va mintaqaviy xavfsizlik bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor berildi.

Bundan tashqari, tomonlar Afg‘oniston hududida transport-kommunikatsiya loyihalarini, shu jumladan Transafg‘on temir yo‘lini qurish masalalarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar.