Satoshi Nakamoto taxallusi ostida yashiringan bitkoin yaratuvchisi joriy kurs boʻyicha 108 mlrd dollarlik aktivlarga ega kriptohamyonga egalik qiladi. Bu Ilon Maskning boyligidan toʻrt baravar kam.

Foto: “Topor. Iqtisod” Telegram kanali

Ushbu manzildagi soʻnggi tranzaksiya 16 yil oldin qayd etilgan, shundan soʻng hamyon harakatsiz qolmoqda.

Nakamotoning kimligi hali ham sir boʻlib qolmoqda. Bu ism ortida kim turganini – bir kishimi yoki dasturchilar guruhimi — aniqlashga koʻp urinishlarga qaramay, ishonchli maʼlumotlar paydo boʻlmadi.