Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar oyida O‘zbekiston avtomobil sanoatining yirik korxonalari tomonidan 15 611 dona turli rusumdagi yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.

Modellar orasida eng ko‘p sonini quyidagilar tashkil etdi:

  • Cobalt – 5 660 dona,

  • Damas – 2 765 dona,

  • KIA – 1 978 dona,

  • Onix – 1 462 dona,

  • Tracker – 1 334 dona,

  • BYD – 802 dona,

  • Chery – 594 dona,

  • Haval – 373 dona.

Bundan tashqari, 643 ta maxsus yengil avtomobil ishlab chiqarildi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda O‘zbekistonga qiymati 224,8 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 24 095 ta elektromobil import qilingan. Ularning aksariyati Xitoydan keltirilgan – 23 982 ta mashina. Shuningdek, Qozog‘iston, Gonkong, Germaniya, BAA va AQShga kichik miqdorda yetkazib berildi.