Toshkentda Navroʻz va bayram kunlari avtobus hamda metro harakati biroz oʻzgacha boʻladi. Toshkent metropoliteni va “Toshshahartransxizmat” oʻzgargan jadvallarni eʼlon qildi.

Toshkent metropoliteni maʼlumotlariga koʻra, bayram munosabati bilan metro quyidagicha ishlaydi:

  • 21-22-mart kunlari: poyezdlar harakati shanba kunlari uchun belgilangan jadval asosida amalga oshiriladi;

  • 23-mart kuni: poyezdlar harakati yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida tashkil etiladi.

“Toshshahartransxizmat” avtobuslarning ish jadvalini quyidagicha taqdim etdi:

  • 21 va 23-mart kunlari — yakshanba jadvali asosida: yoʻnalishlarda transport vositalari soni kamligi sababli oraliq vaqtlar uzayadi, avtobuslarning oʻrtacha ish vaqti taxminan bir soatga qisqaradi;

  • 22-mart kuni — shanba jadvali asosida: yoʻnalishlarda transport vositalari soni kamligi tufayli oraliq vaqtlar uzayadi.

Aholiga shaxsiy avtomobildan foydalanmaslik va imkon qadar jamoat transportidan foydalanish tavsiya etildi.