Oʻzbekistonning 2026-yilgi jahon chempionatiga chiqish imkoniyati 92,6 foizni tashkil etdi. We Global Football portali tahlil bilan boʻlishdi.
2024-yil noyabr oyida ekspertlar Oʻzbekiston 2026-yilgi Jahon chempionatiga 86,7 foiz ehtimol bilan yoʻl olishini taxmin qilgan edi, bu koʻrsatkich 6 foizga oshdi. Mutaxassislar Oʻzbekistonning A guruhida birinchi oʻrinni egallash imkoniyatini 6,1 foiz, ikkinchi oʻrinni esa 86,6 foiz deb baholamoqda.
Osiyo zonasidan chiqishga daʼvogarlar orasida Yaponiya (100%), Eron (100%) va Janubiy Koreya (98,8%) hamon yetakchi oʻrinlarni egallab turibdi. Oʻzbekiston ushbu koʻrsatkich boʻyicha toʻrtinchi oʻrinda joylashgan.