1-apreldan Samarqand viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun yangi tariflar joriy etiladi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tegishli qaror qabul qilindi.
Tasdiqlangan tariflarga koʻra, bir kub metr ichimlik suvi narxi quyidagicha boʻladi:
-
aholi uchun – 2800 soʻm (QQSsiz);
-
budjet tashkilotlari va ulgurji isteʼmolchilar uchun – 6700 soʻm (QQSsiz).
Suv chiqarish xizmatlari narxi quyidagicha boʻladi:
-
aholi uchun – 1900 soʻm (QQSsiz);
-
budjet tashkilotlari va ulgurji isteʼmolchilar uchun – 5300 soʻm (QQSsiz).