Toshkent shahrida issiqlik tarmoqlari sinovdan oʻtkazilayotgani sababli issiq suv taʼminoti toʻxtatilishi kutilmoqda. Veolia Energy kompaniyasi poytaxtning beshta tumanidagi oʻchirishlar jadvalini eʼlon qildi.

25-27-mart kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha quyidagi manzillarda issiq suv taʼminoti oʻchiriladi:

25-mart – Mirzo Ulugʻbek, Yashnobod va qisman Yunusobod tumanlari (ToshGRES mittitumani):

  • Mustaqillik shoh koʻchasi, Mirzo Ulugʻbek, Buyuk Ipak yoʻli, Qori Niyoziy, Muhammad Yusuf, Sayram, Tamaraxonim, Tamaraxonim, Oqqoʻrgʻon, Oʻtkir Sultonov, Osiyo, Lev Tolstoy, Navnihol koʻchalari, Navnihol 3-koʻchasi, Yassi, Qalandar, Boʻz, Sayram 5-tor koʻchasi, Sayram 7-tor koʻchasi, Chust, Katta Sharxon, Katta Sharxon 2-tor koʻchasi, Geologiya, Ibrohim Moʻminov, Niyozbek yoʻli, Kichik halqa yoʻli, Katta halqa yoʻli, Doʻrmon yoʻli, Shahriobod, Ziyolilar, Mirzakalon Ismoiliy, Parkent, Bogʻishamol, Namangan, Zarbuloq, Qirq yigit, Ozodlik, Feruza, Boʻz-1, Boʻz-2, Yalangʻoch, Toshqishloqmash, Mavlono Riyoziy mavzelari, ToshGRES shaharchasi, Hamid Olimjon maydoni, Toshkent davlat agrar universiteti hududi.

26-mart – Chilonzor va Uchtepa tumanlari:

  • Zargarlik, Lutfiy, Qatortol, Guliston, Farhod, Choʻponota, Bogʻiboʻston, Kichik halqa yoʻli, Naqqoshlik, Doʻmbirobod koʻchalari, Doʻmbirobod 4-tor koʻchasi, Serquyosh, Usmir, Taxiatosh, Shirin, Maqsud Shayxzoda, Qatortol 1-koʻchasi, Qatortol 2-koʻchasi, Al-Xorazmiy, Al-Xorazmiy-1, Al-Xorazmiy-2, Katta Xirmontepa, Sharq, Guliston koʻchalari, Chilonzor mavzesi (5-12, G9A, 16-20, 24-26, S, 20A mavzelari).

27-mart – Mirzo Ulugʻbek tumani:

  • Mirzo Ulugʻbek, Temur Malik, Avayxon, Mingbuloq, Mirishkor, Shukur Burhonov, Razzoq Hamroyev, Salom, Doʻrmon yoʻli koʻchalari, Qorasuv-2, 3, 4, 6, 7-mavzelari.

Sinov paytida quvurlarga qisqa muddatli yuklama tushishi mumkin, bu esa issiq suvning yoʻllarga va piyodalar yoʻlaklariga chiqishiga olib kelishi mumkin.