19-mart kuni Toshkent viloyatida 25 yoshli erkak turmush oʻrtogʻi va qaynonasini pichoqlab oʻldirdi. Bu haqda Millar reportajida maʼlum qilindi.
Chinoz tumani “Obi hayot” mahallasida shafqatsiz qotillik sodir boʻldi. Erkak rashk tufayli rafiqasi va uning onasi bilan janjallashib, pichoqni qoʻliga olib, ayollarga bir necha marta zarba bergan. Olgan tan jarohatlari oqibatida ayollar voqea joyida vafot etgan.
Qoʻshnilarning soʻzlariga koʻra, gumonlanuvchi qaynonasining uyida yashagan. Er-xotinning uchta oʻgʻli bor edi. U xotinini boshqa erkak bilan koʻrgani uchun jinoyatga qoʻl urdi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov olib borilmoqda.