Fargʻona viloyatida kanaldan ikki yoshli bolaning jasadi topildi. Viloyat prokuraturasi voqea tafsilotlarini maʼlum qildi.

24-mart kuni soat 12:00 da Beshariq tumani “Qoʻrgʻonchi” MFY hududidagi fermer xoʻjaligi hududidan oqib oʻtuvchi kanaldan bir bolaning jasadi topilgan. Marhumning taxminiy yoshi 2 yosh atrofida.

Respublika sud-tibbiy ekspertiza markazi Qoʻqon tumanlararo boʻlimi xulosasiga koʻra, marhumning tanasida tan jarohatlari aniqlanmagan. Oʻlimga nafas yoʻllarining suv bilan tiqilib qolishi natijasida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya sabab boʻlgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida marhum voyaga yetmagan shaxsni aniqlashning imkoni boʻlmadi. Hozirda marhumning shaxsi va voqea tafsilotlarini aniqlash maqsadida tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.