Oʻzbekistonda tonirovka uchun jarima miqdorini kamaytirish rejalashtirilmoqda. IIVning tegishli hujjati muhokamaga qoʻyildi.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksni 126-1-modda bilan toʻldirish rejalashtirilmoqda. Transport vositasi oynalarining rangini oʻzgartirish (qoraytirish) ruxsatnomasida koʻrsatilgan talablarni buzgan haydovchilarga BHMning 1 baravari (375 ming soʻm) miqdorida jarima solinadi.

Eslatib oʻtamiz, ruxsatnomasiz qoraytirish uchun jarima oʻzgarishsiz qolmoqda — 9 mln 375 ming soʻm.

Bundan tashqari, oynalar rangini qonunga xilof ravishda oʻzgartirganlik (qoraytirganlik) uchun 12 ballik tizim boʻyicha 0,5 ball beriladi.