3-aprel kuni Oʻzbekistonda iliq ob-havo saqlanib turadi. Sinoptiklar yogʻingarchilikni bashorat qilishmayapti. Prognozni Oʻzgidromet taqdim etdi.

Harorat kechasi 7-15 daraja iliq atrofida boʻladi, kunduzi 22-32 daraja issiqda saqlanib turadi.

Toshkentda yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 10-12°, kunduzi 25-27° boʻladi.

Togʻli hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.