“Toshkent” avtovokzalidan Krasnodarga muntazam avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi. Transport vazirligi joʻnatish jadvalini taqdim etdi.

Ushbu yoʻnalishdagi qatnovlar Uzautotrans service korxonasi tomonidan seshanba va juma kunlari Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi.

Birinchi reys joriy yilning 8-aprel kuni amalga oshiriladi. Avtobus “Toshkent” avtovokzalidan soat 20:00 da joʻnaydi. Chipta narxi 900 ming soʻm etib belgilangan.

Chiptalarni avtoticket.uz sayti va UzBus mobil ilovasi orqali, shuningdek, “Toshkent” avtovokzali kassalaridan elektron tarzda xarid qilish mumkin.