8-aprel kuni OpenAI kompaniyasi Oʻzbekistonda elektron xizmatlar provayderi sifatida roʻyxatdan oʻtdi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi saytida maʼlumot berilgan.
Endilikda ChatGPT ishlab chiqaruvchisi QQS toʻlashi va Oʻzbekiston hududida rasman xizmat koʻrsatishi mumkin boʻladi. Oʻzbekiston hududida jismoniy shaxslarga elektron shaklda xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar uchun QQS toʻlash talabi 2020-yilda joriy etilgan.
Raqamli xizmatlarni yetkazib beruvchilar qatoriga Google, Apple, Meta, Amazon kabi yirik kompaniyalar va boshqa koʻplab yirik global kompaniyalar kiradi.