15-aprelda issiq ob-havo boʻlishi kutilmoqda, baʼzi joylarda yogʻingarchilik boʻladi. Prognozni Oʻzgidromet taqdim etdi.

Harorat kechasi +10…+20 daraja, kunduzi +23…+37 daraja atrofida boʻladi.

Toshkentda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Togʻli hududlarda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari boʻlishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja iliq boʻladi.