16 aprel kuni Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek tumanining bir qismi issiq suvsiz qoldi. Veolia Energy suvsiz aniq manzillarni taqdim etdi.

Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, suv taʼminoti tarmoqlarida olib borilayotgan taʼmirlash ishlari munosabati bilan “Veolia Energy Tashkent” kompaniyasining beshta mahalliy qozonxonasiga suv taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatilgan. Natijada soat 10:00 dan 19:00 gacha mazkur ko‘chalardagi iste’molchilarga issiqlik ta’minoti uzildi:

  • Oqqo‘rg‘on, Katta Darxon, Niyoziy, Tamaroxonim, Ismoiliy, Sultonov, Lev Tolstoy ko‘chalari, Mustaqillik shoh ko‘chasi va Irrigator massivi.

Bu boradagi ishlar issiqlik ta’minoti ishonchliligi va samaradorligini oshirish, issiqlik tarmoqlarini yaqinlashib kelayotgan kuz-qish mavsumiga tayyorlashga qaratilgan.