17-21 aprel kunlari Toshkentning ikki tumanida besh kun davomida elektr energiyasi taʼminotida vaqtinchalik uzilishlar boʻladi. HET manzillar va joylarni nomladi.
HET xabariga ko’ra, mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib boradi. Shu munosabat bilan soat 08:00 dan 18:00 ga qadar elektr energiyasi vaqtinchalik uziladi:
- Olmazor tumani: 21-oilaviy poliklinika, ruhiy kasalliklar shifoxonasi, kar-soqovlar jamiyati, 16, 315-sonli maktablar, 4, 20, 39-sonli bolalar bog‘chalari;
- mahallalari – “Oxil”, “Elpavar”, “Ibrohim ota”, “Gulzor”, “Korasaroy”, “Oltinsoy”, “Moyariq”, “Miskin”;
- korxonalari – “Muharram Trede”, “Medex Textile”, “Zelal Textile”, “New Castle”, “Musayev”, “Xaytmetov”, “Osiyo batareya”, “Xaydarov”, “Akfa Bulding Materials”, “Rom Farm”, “Ijod-Ijod”, “Keramiks plyus”, “Shinokotraktorg”, “Toshkent Mebel”, “Eron Karavan”, “Temir Yoʻllari”.
- Yunusobod tumani: 52-sonli oilaviy poliklinika, kanalizatsiya nasos stansiyasi, 52, 86-maktablar, 502-sonli bolalar bog‘chasi;
- “Astarobod”, “Turkiston”, “Ming Chinor”, “Nurmakon”, “Sobirobod”, “Xamkorobod”, “Katta Hasanboy”, “Sharq haqiqati”, “Registon”, “Yulariq”, “Uch Qahramon” mahallalari;
- korxonalar – Jahongir servis, Raupxon, Toshkent Metro Qurilish, Sanico Group, Toshkent shahar suv ta’minoti, Toshkent Metropoliteni, Biznes Daymond, Megatrans Presstij, Toshkent Issiqlik Markazi, Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Maxsustrans ishlab chiqarish boshqarmasi.