Shavkat Mirziyoyev 18-aprel kuni dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy tebranishlarning mamlakatimiz soha va tarmoqlariga taʼsirini yumshatish chora-tadbirlari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi .
Davlat rahbari dastlab jahon iqtisodiyotidagi vaziyatga to‘xtaldi.
Hozirgi dunyo avvalgidek emas. Gap tarif yoki ularni miqdorida ham emas. Uzoq yillar davomida davlatlar oʻrtasida barqaror munosabatlar va oʻzaro ishonchni taʼminlagan xalqaro institutlar, ular ishlab chiqqan qoida va normalar bugun samarasiz boʻlib boryapti, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zbekiston prezidenti bu jarayonlar zanjirli ta’sir ko‘rsatishi, jahon iqtisodiyotining sekinlashishiga va xalqaro savdoning qisqarishiga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi.