Vzglyad.uz tahririyati Toshkentda Tesla elektromobilining o‘t qo‘yilgani haqida xabar berdi . Ichki ishlar bosh boshqarmasi jinoyat sodir etgan shaxsni topdi .
17-aprel kuni soat taxminan 23:40 larda qo‘lga olingan shaxs Yalang‘och hududidagi avtoturargohlardan birida joylashgan Tesla elektromobilini yoqib yuborgan. Bungacha uning egasi bilan janjallashib qolgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida huquq-tartibot idoralari xodimlari jinoyatchini qo‘lga oldi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 173-moddasi (mulkni qasddan nobud qilish yoki shikastlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.