Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-17 Osiyo kubogi yarim finalida Shimoliy Koreya terma jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Gollarga Sadriddin Hasanov, Jamshidbek Rustamov va Abubakir Shukurullaev mualliflik qilishdi.
Finalda Oʻzbekiston terma jamoasi yarim finalda Janubiy Koreyani magʻlub etgan Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi. Yakuniy uchrashuv 20-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boʻlib oʻtadi.