Nodirjon Turg‘unov O‘zbekistonning Bahrayndagi qarorgohi Ar-Riyodda bo‘lgan birinchi elchisi bo‘ldi. Bu haqda “Dunyo” xabar bermoqda.

U ishonch yorliqlarining nusxalarini onlayn tarzda Bahrayn tashqi ishlar vaziri Abdulatif bin Rashid Al Zayaniyga topshirdi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Bahrayn o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Nodirjon Turg‘unov O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi ham hisoblanadi.