SpaceX koinotga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan sun’iy yo‘ldoshni yuborishi mumkin. Bu haqda “O‘zbekkosmos” matbuot xizmati xabar berdi.
Sun’iy yo‘ldoshni o‘zbekistonlik yosh muhandislar Yaponiyaning Kyushu texnologiya institutida tahsil olayotgan paytda yig‘ishi kutilmoqda.
Amerika kompaniyasi vakillari Oʻzbekistonning “Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar – 2035” strategiyasi hujjatining dastlabki loyihasini koʻrib chiqish va uni yanada takomillashtirish yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
O‘zbekiston delegatsiyalari SpaceX Falcon 9 raketasini ishlab chiqarish jarayonlari va quvvatlari bilan ham tanishdi.