19—22-aprel kunlari O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel xavfi bo‘ladi. Ogohlantirish O‘zgidromet tomonidan e’lon qilingan
Sinoptiklarning ma’lumotlariga ko’ra, toshqinlar sodir bo’lishi mumkin:
- Qashqadaryo viloyatida: Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashin, Gʻuzor tumanlari;
- Surxondaryo viloyatida: Sariyosiy, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchin, Qumqoʻrgʻon, Muzrobod tumanlari;
- Samarqand viloyatida: Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrobod, Kattagurgon, Payariq, Jamboy, Ishtixon tumanlari;
- Navoiy viloyatida: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Qanimex, Karmana tumanlari;
- Jizzax viloyatida: Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof-Rashidov, Farish, Yangiobod tumanlari;
- Toshkent viloyatida: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Pskent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari, shuningdek, Angren va Olmaliq shaharlari;
- Namangan viloyatida: Pap, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlari;
- Farg‘ona viloyatida: So‘x, Shoximardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlari;
- Andijon viloyatida: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlari va Xonobod shahri.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar va tog‘li hududlarga ketayotgan haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan. Respublika bo‘ylab yomg‘ir suvi to‘planib, suv toshqiniga olib kelishi mumkin.