Sirdaryo viloyatidagi davlat tashkilotlari rahbarlari o‘zbek tili fanidan diktant natijalariga qoniqarsiz baholar oldi.

Diktant viloyat davlat organlari, jumladan, Sog‘liqni saqlash vazirligi, HET, “O‘ztelekom” va “O‘zbekiston pochtasi” rahbarlari tomonidan yozildi. Aksariyat davlat organlari rahbarlari qoniqarsiz baho olgan.

Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov davlat xizmatchilarini tanqid qildi. Davlat tilida ish yuritish har bir rahbarning burchi ekanligini ta’kidladi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, savodxonlikni oshirish choralarini ko‘rish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.