Buxoro viloyatida huquq-tartibot idoralarining yuqori lavozimli xodimlari keng ko‘lamli tekshiruvdan so‘ng ishdan bo‘shatildi. Bu haqdagi qaror Ichki ishlar vazirligining yangi rahbari Aziz Toshpo‘latov tomonidan qabul qilindi.

Vazirning o‘zi ham viloyatga tashrif buyurib, mahalliy rahbariyat bilan uchrashuv o‘tkazdi. Yig‘ilishda ichki ishlar organlari xodimlarining har bir tuman va shahar ichki ishlar bo‘limlari faoliyati: jinoyatchilikka qarshi kurashish, aholi murojaatlariga munosabat bildirish, ko‘chalarda xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Natijada quyidagilar ishdan bo’shatildi:

  • viloyat IIB boshlig’ining o’rinbosari – tergov bo’limi boshlig’i;
  • Huquqiy statistika va tezkor hisob axboroti markazi rahbari;
  • Buxoro IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i;
  • G‘ijduvon va Kogon tumanlarida tergov va tezkor ishlar uchun mas’ul bo‘lgan uchta boshliq o‘rinbosari.

Bundan tashqari, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning bir necha xodimlariga intizomiy jazo va tanbeh berildi. Ular orasida jamoat xavfsizligi boshqarmasi, tergov bo‘limi va tuman IIB boshliqlarining o‘rinbosarlari bor. Yig‘ilishda joylardagi boshqarmalarning moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.