Shavkat Mirziyoyev Rim Papasi Fransiskning vafoti munosabati bilan Rim-katolik cherkovi kamerlengosi kardinal Kevin Farrellga hamdardlik yo‘lladi.
Davlat rahbari o‘z xatida: “uhoniy Hazratlari O‘zbekiston va Vatikan o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, dinlar va konfessiyalararo do‘stlikni mustahkamlash, butun jahonda muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlash, ezgu g‘oyalarni keng targ‘ib etish ishiga munosib hissa qo‘shgan”, deb alohida ta’kidladi.
Prezident Vatikan xalqiga, yer yuzidagi butun katolik ahliga chuqur ta’ziya va hamdardlik tuyg‘ularini izhor etdi.
Pontifik 21-aprel kuni 88 yoshida vafot etdi. Fevral oyida u respirator infeksiyasi bilan kasalxonaga yotqizilgan va bir oydan ortiq kasalxonada yotgan.