Xitoylik olimlar yadroviy bo‘lmagan vodorod bombasini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi.
Og‘irligi atigi 2 kg bo‘lgan bomba ikki soniyadan ko‘proq davom etgan 1000 darajadan yuqori haroratli olov sharini yaratdi – bu an’anaviy TNTdan 15 baravar ko‘proq. Ishlanma Xitoy davlat kemasozlik korporatsiyasining (CSSC) suv osti qurollariga ixtisoslashgan 705 tadqiqot institutiga tegishli.
Amaldagi asosiy komponent — bu an’anaviy gaz ballonlariga qaraganda sezilarli darajada ko‘proq vodorod to‘plash qobiliyatiga ega bo‘lgan magniy gidrid. Ishlab chiquvchilarning fikriga ko‘ra, portlash quvvati aniq sozlanishi mumkin, bu esa katta maydonlarni samarali nishonga olish imkonini beradi.