Oʻzbekistonda 23—24-aprel kunlari yomgʻir yogʻadi , shu sababli 6 ta viloyat fuqarolari sel xavfidan ogohlantirildi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar va tog‘li hududlarga ketayotgan haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan. Quyidagi hududlarda sel kelishi mumkin:
- Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrobod, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jamboy, Ishtixon tumanlari;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof-Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlari;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Pskent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari hamda Angren, Olmaliq shaharlari;
- Namangan viloyati: Pap, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlari;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlari;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlari va Xonobod shahrida.