O‘zbekistonda 29 ta yirik davlat korxonasini xususiylashtirish niyatida. Bu haqda prezident qarorida aytilgan.
Nufuzli xalqaro maslahatchilar kompaniyalarni auktsionga olib chiqish jarayonida yordam beradi. Bunda ishonchli boshqaruvga o‘tkazilgan jamiyatlardagi davlat ulushlari birinchi navbatda boshqaruvchining taxminiy qiymati bo‘yicha sotuvga qo‘yiladi.
1-dekabrga qadar masʼul boshqarmalar tomonidan 2030-yilgacha davlat korxonalarini isloh qilish va xususiylashtirish strategiyasi ishlab chiqiladi.Yirik korxonalar va davlat ishtirokidagi tijorat banklari faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, ularni xususiylashtirish orqali xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish boʻyicha qaror qabul qilindi.
Kompaniyalar ro’yxati:
- Universal Mobile Systems MChJ – 100%;
- “UzAuto Motors” AJ – 99,7 foiz;
- “UzAuto Motors Powertrain” AJ – 100%;
- “O‘zbekinvest EISK” AJ – 75,24%;
- “O‘zagrosug‘urta” AJ – 99,35 foiz;
- “Uzbekistan GTL” MChJ – 100%;
- “O‘zbekgidroenergoqurilish” AJ – 96,7 foiz;
- “Transgazmaxsusqurilish” AJ – 77,6%;
- “Maxsusenergogaz” OAJ – 41%;
- To‘raqo‘rg‘on, Yangiangren, Angren, Sirdaryo, Toshkent, Navoiy, Taxiatosh IES – 100 foiz;
- Muborak va Farg‘ona issiqlik elektr markazlari – 100%;
- “Texnopark” MChJ – 100%;
- “O‘zbek Lizing Interneshnl” AJ – 45,5%;
- “O‘zagrolizing” AJ – 97,5 foiz;
- “Toshkent traktor zavodi” MChJ – 100 foiz;
- “Sherobod sement zavodi” MChJ – 100 foiz;
- “Yo‘lqurilish” AJ – 100 foiz;
- “O‘zsuvqurilish” AJ – 100 foiz;
- “Sharg‘unko‘mir” AJ – 99,93%;
- “O‘zmetkombinat” AJ – 91%;
- “Navoiyazot” AJ – 75%.