O‘zbekiston va Xitoy delegatsiyalari mamlakat to‘lov tizimlarini WeChat Pay raqamli tizimi bilan integratsiyalashuvini muhokama qildi. Markaziy bank yig‘ilish tafsilotlarini ma’lum qildi.

Regulyator vakillari Xitoyning yirik texnologik kompaniyalaridan biri – Tencent Holdings Ltd tarkibiga kiruvchi Tencent Cloud International delegatsiyasi bilan uchrashdi.Uchrashuv davomida tomonlar WeChat Pay raqamli tizimini O‘zbekiston to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilish istiqbollarini muhokama qildi.

Bundan tashqari, ikki davlat vakillari QR kodlar yordamida to‘lovlarni amalga oshirish, bu boradagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Bundan tashqari, tomonlar Oʻzbekistonda raqamli texnologiyalar va bulutli infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha ikki tomonlama hamkorlik masalalariga toʻxtalib, uchrashuv yakunlari boʻyicha boʻlajak qoʻshma harakatlarga kelishib oldi.