29-aprel kuni “Radonitsa” (ota-onalar kuni) pravoslav bayrami kuni bir kun davomida 3-sonli (s) qabristonga quyidagi maxsus avtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yiladi.
Yo‘nalish: K1 — (Muhammad Yusuf ko‘chasi (Dog‘iston) — 3-qabriston (O‘rtasaroy). Yo‘nalishga beshta MAN rusumli turistik avtobus xizmat ko‘rsatadi.
Yo‘nalish: K2 – (Qo‘yliq bozori – 3-qabriston (O‘rtasaroy). Yo‘nalishga to‘rtta MAN rusumli turistik avtobus xizmat ko‘rsatadi.
Yo‘nalishlar soat 07:00 dan 18:00 gacha davom etadi, chipta narxi 5 ming so‘mni tashkil etadi.