Rossiya prezidenti mamlakat hududida bo‘lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni qonuniylashtirish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda Migratsiya agentligi.
Yangi muddat — 2025-yil 10-sentyabr.
Ushbu qaror mehnat muhojirlarining hujjatlar bilan bog‘liq muammolarini hal qilishga yordam beradi.
Shuningdek, agentlik Rossiyada bo‘lib turgan va hujjatlarni rasmiylashtirishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan barcha vatandoshlarga huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qildi.