Hindiston armiyasining ta’kidlashicha, Pokiston harbiylari Hindistonning Jammu va Kashmir ittifoqdosh hududining bir qancha hududlarida nazorat chizig‘ida yana sababsiz o‘t ochgan. Bu haqda The Hindustan Times nashri xabar berdi.
30-aprelga o‘tar kechasi Pokiston harbiylari Jammu va Kashmir ittifoq hududidagi Nausher, Sunderbani va Axnur sektorlari qarshisida butun nazorat chizig‘i bo‘ylab o‘t ochdi. Hindiston armiyasi qo‘shinlari tez va mutanosib ravishda javob qaytardi.
27-aprel kuni Hindiston armiyasi ham Pokiston harbiylari tomonidan Jammu va Kashmirdagi nazorat chizig‘idagi chegara postlari o‘qqa tutilgani haqida xabar bergan edi.
Mamlakatlar o‘rtasidagi keskinlik 22-aprel kuni Jammu va Kashmirda 20 dan ortiq odam halok bo‘lgan teraktdan keyin kuchaydi. Hujum uchun javobgarlikni Pokistonda joylashgan “Lashkar-i-Tayba”ga aloqador “Qarshilik fronti” guruhi o‘z zimmasiga oldi. Hindiston hukumati voqeaga Pokiston aybdor deb hisoblamoqda.
Pokiston Hindiston uchun havo hududini yopdi va hind harbiy maslahatchilarini persona non grata deb e’lon qildi. O‘z navbatida, Hindiston Pokiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatdi va allaqachon berilganlarini bekor qildi.