Buxoro viloyatining Olot tumanida davlatga katta zarar yetkazgan yashirin kriptoferma aniqlandi, deya xabar berdi “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati.
Mutaxassislarning aniqlashicha, mahalliy fuqaro o‘z uyida mayning fermasini tashkil qilgan. U noqonuniy ravishda uskunalarni elektr tarmoqlariga uladi.
Yetkazilgan zarar 1 mlrd 22 mln so‘mga baholangan. To‘plangan hujjatlar huquq-tartibot idoralariga topshirildi, tergov harakatlari olib borilmoqda.