AQSH prezidenti Donald Tramp 11-noyabr va 8-may kunlarini Birinchi va Ikkinchi jahon urushlaridagi G‘alaba kuni deb e’lon qildi.

Donald Trampning aytishicha, AQShning ko‘plab ittifoqchilari 8-mayni G‘alaba kuni sifatida nishonlaydi, biroq aynan AQSH Ikkinchi jahon urushida g‘alaba qozonish uchun boshqa har qanday davlatdan ko‘proq ish qilgan.

Bugun men 8-mayni Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alaba kuni, 11-noyabrni esa Birinchi jahon urushida qozonilgan G‘alaba kuni deb e’lon qilaman. Biz ikkala urushda ham g‘alaba qozondik, kuch, jasorat va harbiy mahorat bo‘yicha hech kim bizga yaqinlashmadi, lekin biz boshqa hech narsani nishonlamaymiz — chunki bizda buni qila oladigan yetakchilar yo‘q! G‘alabalarimizni yana nishonlashni boshlash vaqti keldi, — dedi Tramp.