2-mayda kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Ertalab Toshkent viloyatining ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 28-33° bo‘ladi.

Toshkentda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol tezligi 5-10 m/s. Harorat 29-31° bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel kelishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.