Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin 3-may kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston–Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Rossiya prezidentining o‘tgan yil may oyidagi O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish natijalari ko‘rib chiqildi.
O‘zaro tovar ayirboshlash sur’atini saqlab qolish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish, hududlar va biznes darajasidagi faol muloqotlarni davom ettirishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni qabul qilish muhim ekani ta’kidlandi.
Shu ma’noda, Toshkent shahrida beshinchi «Innoprom. Markaziy Osiyo» xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tgan ishbilarmonlik tadbirlarining samarali natijalari yuksak baholandi.
Gumanitar hamkorlik, eng avvalo, madaniyat, san’at, fan va ta’lim, sport va turizm sohalarida kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Kreml xabariga ko‘ra, Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80 yilligi nishonlanishi munosabati bilan ushbu sana ikki mamlakat xalqlari uchun alohida ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi yubiley tadbirlarida ishtirok etishini tasdiqladi.