AQSHda noqonuniy muhojirlarga mustaqil deportatsiya uchun ming dollardan berishni boshlashdi, deb xabar bermoqda AQSH Ichki xavfsizlik vazirligi matbuot xizmati.
Yangi ixtiyoriy deportatsiya dasturi noqonuniy muhojirni vataniga qaytarishda moliyaviy yordam taklif qiladi. Noqonuniy shaxslar o‘z-o‘zini deportatsiya qilish uchun CBP Home yangi mobil ilovasidan foydalanishlari mumkin. Agar mamlakatdan chiqib ketish tasdiqlansa, ularga transport xarajatlari va 1000 dollar miqdorida bir martalik nafaqa beriladi.
Yangi dastur majburiy deportatsiya xarajatlarini taxminan 70 foizga – 17 121 dollardan sezilarli darajada kamroq xarajatlarga qisqartirish imkonini beradi. Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noyem buni AQSH hududida noqonuniy bo‘lib turganlar uchun mamlakatni tark etishning “eng xavfsiz va tejamkor usuli” deb atadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dastur davlatga ham, migrantlarning o‘ziga ham foydalidir, chunki ketishning ixtiyoriy maqomini saqlab qolish kelajakda qonuniy qaytish imkoniyatiga ta’sir qilishi mumkin.