6-may kuni Navoiy viloyati Karmana tumanidagi savdo majmuasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi qo‘shimcha ma’lumot berdi.
FVBga yong‘in to‘g‘risidagi xabar soat 05:15 da kelib tushgan, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga 3 daqiqada yetib borgan. Soat 05:50 da yong‘in qurshab olingan, soat 06:24 da to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘inni bartaraf etishda 6 ta asosiy va 1 ta maxsus texnika jalb etilgan. Yong‘in savdo majmuasining ichki qismi va undagi 200 kv. m maydondagi mahsulotlarni qamrab olgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.