6-may kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet prognozida ma’lum qilingan.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 33-38°, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 40° gacha bo‘ladi.

Toshkentda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol 3-8 m/s. Harorat 34-36° bo‘ladi. Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-28° bo‘ladi.