O‘zbekiston Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi mojaro avj olganidan xavotirda. TIV holat yuzasidan izoh berdi.
O‘zbekiston tomoni Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlashgan vaziyatning rivojlanishini xavotir bilan kuzatmoqda.
Ikkala tomonni vazminlik ko‘rsatishga, tinchlik va barqarorlik manfaatlari asosida harakat qilishga, vaziyatning yanada yomonlashishini oldini olish uchun diplomatik muloqotga ustuvor ahamiyat berishga chaqiramiz, — deyiladi TIV xabarida.
O‘zbekiston vaziyatni yumshatish va uni tinch yo‘l bilan hal etishga qaratilgan har qanday xalqaro va mintaqaviy sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor.
7-mayga o‘tar kechasi Hindiston Pokistonga hujum qilib, hujumni «Sindur operatsiyasi» deb atadi, Pokiston va uning nazorati ostidagi Jammu va Kashmirdagi nishonlarga 9 ta ballistik raketa uchirildi, Hindiston Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, zarbalar go‘yoki Hindistonga hujum rejalashtirilgan “terrorchilik infratuzilmasi” obyektlariga berilgan.