7-may kuni O‘zbekistondan bir nechta aviareyslar uchuvchisiz uchish apparatlari hujumi xavfi tufayli Moskvaga yetib bormadi. Qoldirilgan reyslar haqidagi ma’lumotlar Uzbekistan Airways’ga ma’lum qilindi.
Moskva havo hududining yopilishi munosabati bilan Uzbekistan Airways aviakompaniyasining quyidagi reyslari zaxira aeroportlariga yo‘naltirildi:
- Namangan — Moskva (Vnukovo) yo‘nalishi bo‘yicha HY9619 reysi Ufa shahridagi zaxira aeroportida;
- HY9671 reysi, Toshkent — Nijniy Novgorod yo‘nalishi, Ufa shahridagi zaxira aeroportida;
- Toshkent — Moskva (Vnukovo) yo‘nalishi bo‘yicha HY613 reysi Sankt-Peterburg shahridagi zaxira aeroportida;
- HY9627 reysi Farg‘ona — Moskva (Vnukovo) yo‘nalishi bo‘yicha Sankt-Peterburg shahridagi zaxira aeroportida;
- Toshkent — Moskva (Domodedovo) yo‘nalishi bo‘yicha HY601 reysi Sankt-Peterburg shahridagi zaxira aeroportida;
- Samarqand – Moskva (Vnukovo) yo‘nalishi bo‘yicha HY605 reysi Sankt-Peterburg shahridagi zaxira aeroportida joylashgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi 7 mayga o‘tar kechasi poytaxtga dronlar hujumi qayd etilganini ma’lum qildi. Moskva aeroportlarida parvozlar va qo‘nishlar vaqtincha to‘xtatildi. Hudud ustidagi havo bo‘shlig‘i bir necha soatdan keyingina ochildi.