Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinning taklifiga binoan Moskvaga tashrif buyuradi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-9-may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.