Bill Geyts yaqin 20 yil ichida boyligining 99 foizini xayriya ishlariga sarflamoqchi. Bu haqda milliarder o‘z blogida ma’lum qildi.
U Geyts jamg‘armasi orqali butun dunyo bo‘ylab odamlarni qutqarish va hayotini yaxshilash uchun mablag‘ o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, uning bu qarori tadbirkor Endryu Karnegining “Boy bo‘lib o‘lgan odam sharmanda bo‘lib o‘ladi” degan so‘zlaridan ilhomlangan.
“Aynan shuning uchun men o‘z pullarimni jamiyatga dastlab rejalashtirganimdan ko‘ra tezroq qaytarishga qaror qildim”, — dedi Geyts.
Jamg‘arma 2045-yil 31-dekabrda o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Bu vaqt ichida Geyts xayriya mablag‘larini ikki baravar ko‘paytirishni rejalashtirmoqda va shu vaqtgacha 200 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarflaydi. Yakuniy xarajatlar miqdori bozor sharoitlari va inflyatsiya darajasiga bog‘liq bo‘ladi.