AQSH sobiq prezidenti Jo Bayden Donald Tramp Rossiya bilan muloqoti orqali NATO birligiga putur yetkazayotganini aytdi. Bu haqda u ABC telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Bayden, shuningdek, Trampni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan aloqalari borligidan uyalmayotgani uchun tanqid qildi. Sobiq prezident Putinni “45 yildan ortiq” bilishini qo‘shimcha qildi va uni “diktator” deb atadi.

“Menimcha, u, ochig‘ini aytganda, AQSH manfaati uchun juda yomon ish qildi. Dunyo tarixidagi eng buyuk ittifoq bu NATO ekanligini bilasiz. Tramp esa uni portlatib yubordi”, — dedi Bayden.