Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Janubi-Sharqiy Osiyo va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlariga parvozlarga o‘zgartirishlar kiritdi.

Parvozlarning maksimal xavfsizligini ta’minlash maqsadida, shuningdek, Pokiston va Hindiston chegarasi yaqinida parvozlarning vaqtinchalik cheklovlarini hisobga olgan holda, Dehli, Mumbay, Bangkok, Kuala-Lumpur, Pxuket kabi bir qator shaharlarga parvozlar yo‘nalishlari o‘zgartiriladi.

Shuningdek, shaharlar ro‘yxatida o‘zgarishlar va yo‘nalishlarga qo‘shimcha tuzatishlar kiritilishi mumkin. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l vaqti yo‘nalishga qarab 1,5 soat va undan ko‘proqqa cho‘ziladi.

“Uzbekistan Airways vaziyatni doimiy ravishda kuzatib bormoqda va Yaqin Sharq hamda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi yo‘nalishlari bo‘yicha parvoz qiluvchi yo‘lovchilarni o‘zining rasmiy axborot kanallari orqali xabardor qiladi”, — deya xulosa qildi kompaniya.