O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov Fransiyaning Team Vitality kibersport tashkiloti bilan shartnoma imzoladi.

U bizni tanladi! Xush kelibsiz, — deyiladi tashkilotning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Team Vitality uchun fransiyalik mashhur shaxmatchi Maksim Vashye-Lagrav ham kurash olib boradi. Javohir Sindorov O‘zbekistonning eng kuchli shaxmatchilaridan biri hisoblanadi. U Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) reytingida 31-o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, yana bir o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov shaxmat bo‘limi tashkil etilishini e’lon qilgan Ukrainaning Natus Vincere (NAVI) kibersport tashkiloti bilan shartnoma imzolagan edi.