O‘zbekiston va Rossiya 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan harbiy sohadagi strategik sheriklik rejasini imzoladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhamedov hamkasbi Andrey Belousov bilan uchrashdi. Xolmuhamedov Belousovga Moskvadagi harbiy paradda ishtirok etgan O‘zbekiston harbiy kontingentini tayyorlash uchun yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirdi.

Qizil maydondagi yo‘lakdan yurish harbiylarimiz uchun faxr edi, — dedi O‘zbekiston mudofaa vaziri.

Muzokaralar yakunida tomonlar harbiy sohada 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan strategik sheriklik dasturini amalga oshirish rejasini imzoladi.